“Shaxsiy adovat tufayli toifam tushdi” tanqidiy maqolasiga munosabat
“Ma’rifat” gazetasining 2020-yil 16-yanvar sonida e’lon qilingan “Shaxsiy adovat tufayli toifam tushdi” sarlavhali maqola Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan o‘rganildi. Maqoladagi faktlar qisman o‘z tasdig‘ini topdi.
Shahrisabz tumanidagi 65-maktabning matematika fani o‘qituvchisi Mavluda Avazova 2014-yil 4-fevralda 11/1K sonli buyruq bilan 1-malaka toifasini himoya qilib, RA-I 0149578 raqamli sertifikatga ega bo‘lgan. Sertifikat 5 yil ya’ni 2019-yil 3-fevralgacha amal qiladi. M.Avazovaning e’tiroziga Shahrisabz tumanidagi 65-maktab ma’muriyatining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.
Bu masala tez fursatda bartaraf etiladi. Ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ygan maktab rahbarlariga amaldagi qonunchilikka asosan tegishli chora ko‘riladi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati