Rossiyada qancha o‘zbek ta’lim olmoqda?
Umumiy o‘rta ta’lim
30 / 01 / 2020
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi mamlakatga 2019-yilda o‘qishga kelgan xorijiy talabalar sonini aniqladi. Yakunda RF ga qaysi mamlakatlardan eng ko‘p talabalar kelib o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘ziga xos bu reytingda qozog‘istonliklar yetakchi, turkmanlar esa ikkinchi o‘rinda.
Rossiyada tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
Qozog‘iston — 44 ming talaba
Turkmaniston — 30 ming talaba
O‘zbekiston — 23,5 ming talaba
Xitoy — 15,4 ming talaba
Tojikiston — 12 ming talaba.
Vazirlik ma’lum qilishicha, xorijdan borgan talabalar asosan iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va huquqshunoslik yo‘nalishlarini tanlashmoqda.
xabar.uz