Ochiq dars – ochiq imkoniyat
Bugungi kunda mamlakatimizda umumta’lim maktablari faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘qituvchilarga qo‘yilayotgan talablar ularni tinimsiz izlanishga, malakalarini muntazam mustahkamlab borishga da’vat etmoqda. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning bilimlarini yuksaltirishga, turli musobaqalar, fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 281-umumta’lim maktabining 9-“a” sinfida algebra fanidan o‘tkazilgan ochiq dars noan’anaviy uslublardan foydalangan holda tashkil etildi. O‘quvchilar dars mashg‘ulotiga erkin yondashib, yangi mavzuni o‘rganish bilan birga bir-birlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
— O‘quvchilarimiz orasida intiluvchan, iqtidorlilari ko‘p, — deydi algebra fani o‘qituvchisi Zamira Hasanova. — Yangicha uslubda tashkil etiladigan ochiq darslar ularning qiziqishlarini yanada oshirib, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga hamda bilimlarini charxlashga yordam beradi.