Jizzaxdagi maktablardan birida yong‘in chiqdi
Umumiy o‘rta ta’lim
11 / 02 / 2020
Joriy yilning 11-fevral kuni Jizzax shahrida joylashgan maktablardan birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Jizzax shahrida joylashgan 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida, kunduzgi soat 12:00 lar atrofida yuz bergan. Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 7 daqiqada voqea joyiga yetib borgan. Qisqa muddatda yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida bir nechta parta va yumshoq mebel (divan) yonib zararlangan. Hodisa yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
“Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.