Natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimi joriy etiladi
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimi joriy qilinadi
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi
Qayd etilishicha, 2020-yil 1-aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
pedagogik mahorat va malaka darajasini tasdiqlash bo‘yicha kasbiy sertifikatsiya tizimini joriy qilish;
birinchi va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik ish haqini malaka toifasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan oshirib borish amaliyotini joriy etish va oylik ish haqi o‘rtasidagi farqlarni kengaytirish nazarda tutiladi.
Mas’ullar — Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi.