Hay’at yig‘ilishi: 2020-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
21-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri A.Ayapov raisligida navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga vazirlik rahbariyati, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.
Hay’at yig‘ilishini Qaraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov ochib berdi. Dastlab yig‘ilishda bir guruh pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” kokrak nishoni tantanali ravishda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Qaraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonini o‘qituvchilarga shaxsan o‘zi topshirdi. Jami 32 nafar o‘qituvchi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur o‘qituvchilar xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shganlari uchun taqdirlandi.
Shuningdek, Xay’at yig‘ilishining kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir A.Ayapov xalq ta’limi tizimida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar va Hurmatli Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida belgilab bergan vazifalar bo‘yicha 2020-yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida toxtalib otdi. Shu bilan birga, yig‘ilishda ta’limni boshqarish va sifatini oshirish hamda xalqaro baholash tadqiqotlarida mamlakatimizning ishtiroki masalalari ham muhokama etildi. O‘z o‘rnida aytish joizki, 2021-yilda Respublikamiz ilk bor PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. Mazkur tayyorgarlik jarayoniga ham diqqat qaratish kerakligi aytib o‘tildi. Qolaversa, joylarda ta’lim sifati bo‘yicha muammolar haqida gapirib o‘tildi. Joylarda o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirishga katta ahamiyat berilmayotganligi ta’kidlandi. Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ta’lim sifati past bo‘lgan tumanlarning muammolarini o‘rganish va kerakli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi. Ba’zi tumanlarda oliy ma’lumotli oqituvchilarni ishga jalb qilishda muammolar borligi qayd etildi. Shuningdek, vazir A.Ayapov o‘tgan o‘quv yili yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasida o‘quvchilarning o‘zlashtirishida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha aniq, samarali usullar tug‘risida ham gapirdi. Jumladan, o‘qituvchining darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga erishish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, fan metodbirlashmalari va metodika kengashlari faoliyatini kuchaytirish, yosh pedagoglarga metodik ko‘mak berilishini yo‘lga qo‘yish, XTXQTMOI bilan hamkorlik o‘rnatib, metodik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar ijobiy qabul qilindi.
Shu bilan birga 2018-2019-o‘quv yili yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilish doirasida ba’zi tuman mudirlari lavozimlariga loyiqligi masalasi yoki intizomiy jazo korish topshirig‘i berildi.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, 2019-2020-o‘quv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.