Nur-Sultonda maktab o‘quvchilari uchun avtobuslar tekin bo‘ldi
Qozog‘iston poytaxtida balog‘at yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi avtobus yo‘nalishlarida bepul yurishi mumkin. Bu haqda "CTS" ( City Transportation Systems) MChJ rahbari Bekmirza Igenberdinov ma’lum qildi.
"28-martdan e’tiboran balog‘at yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yurishadi. Shunday qarorga keldik", — dedi kompaniya boshqaruv raisi Bekmirza Igenberdinov.
Uning aytishicha, ayni paytda shahar jamoat transportida har kuni 130 ming o‘quvchi maktabga boradi.
"Tashuvchi korxonalar uchun bu imtiyoz o‘rta hisobga bir oyda 30 million zarar keltirishi mumkin. Ustiga ustak, ularga buning uchun subsidiya ajratilmaydi. Maslixat bilan, hokimiyat bilan birgalikda zararning o‘rnini qoplash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz", — deydi kompaniya rahbar