Tashabbuslar – ta’lim sifati
Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashabbuslar ijrosi bo‘yicha maktabning eng faol o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari musiqa, rassomchilik, adabiyot, sport, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Muhayyo SAIDOVA, 260-maktab o‘qituvchisi