Pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari qoldirildi
Joriy yilning 15-mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi o‘tkazilib bir qator qat’iy choralar belgilandi.
Xususan, odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazishni ham vaqtincha to‘xtatilishga qaror qilindi.
Canitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda pedagoglarimizning sog‘lig‘ini himoyalash maqsadida 2020-yilning mart-aprel oylarida o‘tkazilishi e’lon qilingan pedagog kadrlar attestatsiyasining dastlabki bosqichi malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi qoldirilganligini ma’lum qilamiz.
Pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari qachon o‘tkazilishi haqida Ta’lim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali qo‘shimcha xabar beriladi.