Yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasi muhokama qilinmoqda
Umumiy o‘rta ta’lim
18 / 04 / 2020
Xalq ta'limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.
Ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma'lum qiladi.