Transkripsiya belgilari nega darsda o‘rgatilmaydi?
Yoshlarimizning mutolaaga qiziqishlari ortib bormoqda. Ammo xorij adabiyotini o‘qishda xatoliklar uchrab turadi. Ingliz tilida yozilgan kitoblarni o‘qish uchun shu tildagi harflarni bilishdan tashqari, albatta, transkripsiya belgilarini bilish va yod olish zarur.
Oddiygina misol, “father” so‘zini oladigan bo‘lsak, o‘quvchi uni aynan yozilishicha o‘qiydi, lekin so‘zning transkripsiya belgisini o‘qiy olmaydi. Chunki lug‘atda bu so‘z mana bunday holatda beriladi:
Father [fa:ðə] — dada.
O‘quvchi uchun esa bu ikki belgi notanish.
Buning uchun biz darsda o‘quvchilarga ushbu belgilar haqida ma’lumot berishimiz kerak. Doskaga yangi so‘zlarni tarjimasi bilangina emas, transkripsiyasi bilan ham yozish kerak. Bu esa o‘quvchining esida qolishiga, to‘g‘ri o‘qishiga va to‘g‘ri talaffuziga yordam beradi.
Ingliz tili darsliklarida mavzularga doir yangi so‘zlar va ularning transkripsiyasi berilgan. O‘quvchi o‘sha notanish so‘zni erkin o‘qiy olishi va to‘g‘ri talaffuz qilishi uchun bu belgilarni bilishi kerak. Belgilar asosida o‘quvchida ham o‘qish, ham yozish, ham eshitish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Bu ko‘nikmalar esa chet tilini o‘rganishda asosiy vazifani bajaradi.
Shuning uchun o‘qituvchilarga ingliz tili darsida yangi so‘zlarni transkripsiya belgilari yordamida o‘rgatishni tavsiya qilaman. Nafaqat o‘quvchi, til o‘rganishni xohlagan inson transkripsiya belgilarini o‘rgansa, so‘zni bemalol o‘qiy oladi.
Ingliz tilida 26 ta harf mavjud bo‘lib, 44 ta, ya’ni 20 ta unli va 24 ta undosh tovushni ifodalaydi.
Transkripsiya belgilari:
[ ɔ ] — qisqa o — boy [b ɔ i] — o‘g‘il bola.
[ə:] — o‘— girl [gə:l] o‘ kabi o‘qiladi.
[ə] — i — driver [draivə] — i kabi o‘qiladi.
[εə] — eie — care [kεə] — g‘amxo‘rlik.
[t ] — ch bo‘lib o‘qiladi — teach [ti:t ∫] — o‘qitmoq.
[∫] — sh bo‘lib o‘qiladi — dish [di∫] — idish.
[ ʤ ] — j — gentle [ ʤ entl] — muloyim.
[θ] — s — thin [θin] — ozg‘in.
[ð ] — z — them [ðem] — ularni, ularga.
[ Ʒ ] — j — vision [vi Ʒ n] — ko‘rish.
[ŋ ] — ng — tongue [t ɔ η] — til.
[j] — y — yellow [jel ɔ u] — sariq.
[æ] — a — rat [ræt] — kalamush.
Barno OTAQOVA, Qo‘shko‘pir tumanidagi 17-maktab o‘qituvchisi