Tinim bilmas muallim
O‘qituvchilik dunyodagi kasblarning eng mas’uliyatlisi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Chunki ular hayotning o‘ydimchuqur ko‘chalaridan millat kelajagini yelkalab o‘tadi. O‘z kasbini chin yurakdan sevgan haqiqiy pedagog har qanday sharoitda o‘quvchilarga bilim berishdan charchamaydi. Anashunday ustozlarimizdan biri Shayxontohur tumanidagi 324-maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi Nafisa Hoshimovadir. U 20 yildan buyon yoshlarga saboq berib kelyapti. Uning ko‘pgina ochiq darslari shahar va tumanlarda keng ommalashtirilgan.
Yurtimizda tarqalgan pandemiya sabab hozirda barcha ta’lim va muassasalari o‘qituvchilari o‘z o‘quvchi va talabalari bilan onlayn dars mashg‘ulotlarini tashkil etib, ularga bilim berishda davom etmoqda. Prezidentimizning tashabbusi bilan ustozlarimiz yordamida teledarslar tashkil etilib, bir necha kanallarida namoyish etilmoqda, o‘quvchilarning vaqtlari bexuda ketmasdan ilm olishda ortda qolmasliklari ta’minlanmoqda. Nafisa Hoshimovaning ham shunday fidoiy ustozlarimiz qatorida bir necha noan’anaviy darslari Respublika multimediya markazida tasvirga olinib aziz o‘quvchilarimiz e’tiboriga taqdim etildi. Hozirda Nafisa opaning 5-sinf uchun “Milliy o‘yinchoqlardan qo‘g‘irchoq tikish texnologiyasi”, “Uy sharoitida oson va tez tibbiy niqob tikish texnologiyasi”, 7-sinf uchun “Xalq xunarmandchiligi” quroqchilikning yo‘l-yo‘l usulidan foydalanib ushlagich tayyorlash texnologiyasi, 6-sinflar uchun “Qiz bolalar sumkasini tikish texnologiyasi” mavzusidagi vidio darslari Xalq ta’limi vazirligining “YouTube” tarmog‘ida joylashtirilgan. Aprelda amaliy fanlar fan oyligi o‘tkazildi. Nafisa opa Prezidentimiz ilgari surayotgan 5 muhim tashabbusning 5-yo‘nalishi ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda.
Karantin davrida o‘quvchilarimizning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib ularni kasb xunarga o‘rgatish maqsadida “Xammamiz qalban birgamiz! Iltimos, uyda qoling!” shiori ostida online, “Uyda qolib pazanda bo‘ldim”, “Uyda qolib hunar organ”, “Men mohir ijodkor o‘quvchiman” ko‘rik tanlovlarini tashkil etdi va tanlov g‘oliblari ota-onalari bilan birgalikda online tarzda taqdirlandilar. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ota-onalari bilan birgalikda taomlar, pishiriqlar, salatlar tayyorlab, yoki oila a’zolari va o‘zlari uchun rozg‘orda, hayotda kerak bo‘ladigan buyumlar tayyorlab, rasm yoki vidiorolik tarzida qatnashdilar. Shu bilan birgalikda ustoz o‘tayotgan online darslarda shunday sinovli kundarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, yasagan buyumlari, tayyorlagan mahsulotlari orqali mablag‘ topib, o‘zlari va oilalari budjetiga foyda keltirishini o‘rganmoqdalar.
Burxon Rizoqulov