1-sinfga qabul qachondan boshlanadi?
Amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1-iyundan 31-avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan. Karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlash muammo yuzaga keladi.
Ushbu masalada ham Xalq ta’limi vazirligi o‘z takliflarini ishlab chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 30-aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan . Buning natijasida:
1. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi.
2. Iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan, oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.
1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so‘ng, maktab ma’muriyati orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
Anvar Umarov, Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi