Respublika ta’lim markazida xorijda ta’lim olgan mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-yil 6-iyun kuni Respublika ta’lim markazida darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish mexanizmini yanada takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi doirasida baholash komponentini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda London universiteti kolleji ta’lim instituti magistri, kolumnist Komil Jalilov, Angliya Lids Universiteti bitiruvchisi, Cambridge Assessment tashkiloti sobiq konsultanti Mohidil Mamasoliyeva hamda Respublika ta’lim markazi direktori Xikmatilla Daminov va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi
Xorijiy tajribaga ega mutaxassislar bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etishning amaldagi mexanizmi muhokama qilindi. Bunda amaldagi holatning yutuq va kamchiliklari keltirib o‘tildi va ushbu tizimni yanada takomillashtirish, darsliklar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida o‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish jarayoni ham muhokama qilindi.
Baholash bo‘yicha ilg‘or horijiy davlatlarning tajribalari to‘g‘risida fikr almashildi. Baholashning milliy tizimini yaratishda baholashning asosiy metodologiyasini to‘g‘ri belgilab olish, ishlab chiqilayotgan mezonlar o‘quvchilarning kompetentligini aniqlashgaa yo‘naltirilgan bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘ngida xorijiy tajribaga ega mutaxassislar yuqorida ta’kidlangan masalalar bo‘yicha Respublika ta’lim markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olishdi.
Respublika ta’lim markazi