Tarixdan ham onlayn olimpiada bo‘lsa…
Xalq ta’limi tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar diqqatga sazovor. 2019/2020-o‘quv yilidan bilimlar bellashuvi to‘xtatilib, 4–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazilishi belgilandi. Bu juda katta ijobiy o‘zgarishlardan biri bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.
Birinchidan, hududlarda bilimlar bellashuvidagi nohaqliklarga, o‘zaro tortishuvlarga chek qo‘yilib, o‘quvchilar xolis baholarini biladi, sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi. Ikkinchidan, o‘quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, yana bir qator ijobiy taraflari bor. Lekin 4–11-sinflarda olimpiada faqatgina matematika, informatika, kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘tkazilishi belgilangani tarix faniga qiziqishi bor o‘quvchilarni ranjitadi. Fuqarolik jamiyatini qurish asosiy vazifamiz ekan, yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, huquqiy bilimlarini shakllantirishda, faol fuqarolik pozitsiyasini egallashda tarix fanining o‘rni nihoyatda beqiyosdir.
Abdulla KARIMOV