Farzandining eng yaxshi sharoitda o‘qishini har bir ota-ona istaydi
Maktab bu — millatning kelajagi kamol topadigan maskan. Unda o‘quvchilar sifatli ta’lim olishi uchun yetuk mutaxasislar bilan bir qatorda zamon talablariga javob beradigan sinfxonalar ham bo‘lishi kerak albatta.
Prezidentimizning “Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Eng yaxshi meros bu — yaxshi tarbiya”, degan murojatlarini amalga tadbiq etgan holda Shayxontohur tumanidagi 82- sonli maktabda ham kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
Hozirgi kunda maktabning kirish qismi, sport zali, yo‘laklari butkul yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Sinf xonalari har bir fanga oid, o‘quvchilarni bilim olishiga nisbatan ruhiyatini ko‘taradigan ranglar va rasmlar bilan bezatildi. Barcha qulay sharoitlarga ega bo‘lgan maktabda ta’lim olishni intizorlik bilan kutayotgan bilimga chanqoq o‘quvchilarga taxsil berishni sog‘inch bilan kutayotgan bilimli va malakali ustozlarimiz yetarli. Maktabda o‘quv fanlari bilan bir qatorda sport, hunarmandlik, harbiy vatanparvarlik to‘garaklari tashkil etilgan.
Har bir ota-ona farzandini eng yaxshi sharoitda o‘qib, mukammal bilim va yaxshi tarbiya olishini istaydi. Bularning barchasi bizning ilm maskanimizda mujassam.
Maktabning yangi ko‘rinishi va yaratilgan shart-sharoitlari uchun yurtimiz, farzandlarimiz kelajagini o‘ylab tinmay mehnatda bo‘lgan prezidentimizga, xalq ta’limi vazirligiga va barcha mutasaddi raxbarlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Kelgusida bu dargohdan ko‘plab yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan jonajon O‘zbekistonimiz nomini dunyoga tanitadigan iqtidorli va bilimli yoshlar yetishib chiqishiga ishonaman.
Nodira URAZOVA, maktab direktori