O‘quvchi uchun yaxshi imkoniyat
Har qanday yoshdagi o‘quvchiga onlayn olimpiada beradigan birinchi narsa bu o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatidir. Birinchidan, bunday olimpiadalar o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni ochib beradi. Ikkinchidan, tafakkurini charxlaydi, o‘quvchi o‘zini bilimdon inson sifatida anglashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday olimpiadada vazifalar darslarda taklif qilinganlardan sezilarli darajada farq qiladi va birinchi navbatda u shunisi bilan qiziqarlidir. Onlayn olimpiada OTM yoki respublika fan olimpiadalariga tayyorlanishda yaxshi samara beradi. Kompyuter texnologiyalari tashkiliy jihatdan juda qulaydir. Bolalarni muayyan joyga olib kelishning, o‘qituvchilar yoki ota-onalarning vaqtini olishning hojati yo‘q.
Olimpiadada qatnashish uchun sayt tashkilotchisi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz kerak. Agar unda keltirilgan ma’lumotlar qiziq bo‘lsa, unda ishtirok etish uchun ariza topshirish va puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Belgilangan vaqtda saytga, shaxsiy sahifangizga kirishingiz va vazifalarni bajarishingiz kerak.
Malika TLEGENOVA, Xo‘jayli tumanidagi 35-maktabning matematika fani o‘qituvchisi