Maktabimizda musiqa asbobi bor, ammo ustozimiz chalishni bilmaydi
Umumiy o‘rta ta’lim
3 / 07 / 2020
Yoshligimda pianino chalishni orzu qilar edim. Ulg‘aysam, musiqa o‘qituvchisi bo‘laman va pianino chalishni o‘rganib, bolalarga ham o‘rgataman deb o‘ylar edim. Asfus, musiqa emas matematika fani o‘qituvchisi bo‘ldim. Maktabimizda orzumdagi musiqa asbobi bor, ammo musiqa ustozimiz chalishni bilmaydi. Bolalar ham men kabi intiq. Prezidentimizning Namangandagi nutqi meni juda xursand qildi. Endi maktabni bitirayotgan o‘quvchilar hech bo‘lmaganda bitta cholg‘u asbobini chalishni bilishi talab etilarkan. Lekin maktabimizda sanoqli cholg‘u asboblari bor, musiqa ustozi ham bitta.
Dilrabo XUDOYOROVA