Bir xil talab qo‘yish to‘g‘rimi?
Ixtisoslashgan maktablarga o‘quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi.
Yo‘naltirilgan fanlar ikkilantirib o‘tiladi (o‘sha biz orzu qilgan ona tili ham). Yana darsdan keyin o‘qituvchiga haq to‘lanadigan mashg‘ulotlar-da bor.
Ixtisoslashgan fanlar uchun 20 foiz qo‘shimcha ustama ham beriladi. Ishlash uchun yetarlicha imkoniyat yaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida-chi?
Darsdan keyin qolib ishlashning umuman iloji yo‘q. Chunki o‘quvchilar deyarli hamma maktabda to‘liq ikki navbatda o‘qitiladi. Ona tili darsini guruhga bo‘lib o‘tishni orzu qilmasak ham bo‘ladi. Hatto ayrim o‘quvchilarda o‘qishga xohish ham yo‘q. Ixtisoslashgan maktab yaxshi o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni har chorakda “elab”, “pattasini qo‘liga tutqazadi”. Biz esa ana shu bilmasvoylarni 11-sinfgacha qulog‘idan sudrab kelamiz. Shunday vaziyatda ushbu maktablarni bir xil tahlil qilish, bir xil talab qo‘yish to‘g‘rimi?
Sarvinoz SUNNATOVA, G‘ijduvon tumanidagi 47-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi