“Ma’rifat” gazetasi tahririyati Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda onlayn ilmiy-amaliy anjuman tashkil etadi
O‘zbekiston Respublikasi “Ma’rifat” gazetasi Respublika ta’lim markazi AXBOROT XATI
“Ma’rifat” gazetasi tahririyati Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar maktablari o‘qituvchi, o‘quvchilarini hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, yangi o‘quv yilini sifatli tashkil etishga ko‘maklashish, uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash, pedagoglar o‘rtasida tajriba almashishga erishish, ilmiy, metodik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 15-sentabrda “Masofaviy ta’limni tashkil etishda zamonaviy usullar” konferensiyasi doirasida respublika miqyosida onlayn ilmiy-amaliy anjuman tashkil etadi.
Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
I. Ijtimoiy fanlar.
II. Gumanitar fanlar.
III. Aniq fanlar.
IV. Tabiiy fanlar.
V. Chet tillari.
VI. Amaliy fanlar.
Konferensiya materiallari elektron kitob shaklida nashr qilinadi. Har bir ishtirokchiga konferensiya to‘plami va ushbu konferensiyada ishtirok etganini tasdiqlovchi Diplom onlayn tarzda yuboriladi.
Konferensiyada maqolasi bilan qatnashgan har bir ishtirokchi “Ma’rifat” gazetasining mobil ilovasiga bepul obuna qilinadi!
Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Maqolalar 2020-yilning 10-sentabrigacha qabul qilinadi.
Maqolalar info@marifat.uz elektron pochtasi hamda @Charosxon_Burxon_qizi telegram manzili orqali qabul qilinadi.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
a) imloviy xatolar bo‘lmasligi;
b) matn grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri, tushunarli hamda ilmiy-ommabop uslubda yozilgan bo‘lishi;
d) mavzu hamda muammo to‘g‘ri tanlanib yoritilgan hamda ko‘tarilgan muammoda yangilik (o‘ziga xoslik) bo‘lishi;
e) maqolada ko‘tarilgan masalaning ishonchli (mantiqiy bahsga kirishilgan, mantiqiy asos keltirilgan, fikrlarda mantiqiy ketma-ketlik) bo‘lishi;
f) yechimi topilmagan muammo yuzasidan kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan tadqiqot haqida fikr bildirilgan bo‘lishi lozim.
Maqolani rasmiylashtirish:
1. Maqolaning tili: o‘zbek, rus, qoraqalpoq.
2. Hajmi: 3 betdan kam bo‘lmagan hajmda.
3. Yozilish tartibi: Microsoft Word dasturi, Times New Roman shrifti, o‘lchami 12, interval 1,5.
4. Sahifa o‘lchami: o‘ng tomondan 3 sm, chap tomondan 1 sm, yuqori va pastdan 2 sm.
5. Maqola sarlavhasi: o‘rtada, quyuq, katta harflar bilan.
6. Muallif nomi: maqola sarlavhasidan 1 satr pastda, o‘ng tomonda, qiya
(muallif familiyasi, ismi, otasining ismi, ta’lim muassasasi nomi (fakulteti, kursi), elektron pochta manzili, telefon raqami).
7. Faqat tahrir hay’atidan o‘tgan maqola mualliflariga to‘lovni amalga oshirish haqida xabar yuboriladi. Har bir sahifa uchun to‘lov miqdori — 10 000 (o‘n ming) so‘m.