O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Masofaviy tarzda o‘tkazilgan IBO2020 Challenge - Xalqaro biologiya olimpiadasining natijalari e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yo‘nalishida oltinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijani Toshkent shahri Yunusobod tumani Toshkent pediatri instituti qoshidagi Akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi Saida Valijonova qayd etdi. Shuningdek olimpiadada Buxoro viloyati Qorako‘l tumani BDU AL o‘quvchisi Ravshanbek Karimov hamda Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI AL 2-bosqich o‘quvchisi Sardor Tojiboevlar kumush medal sohibiga aylandi.
Olimpiada ғoliblari bilan tanishing:
1.Saida Valijonova — Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI AL 2-bosqich o‘quvchisi (oltin);
2.Ravshanbek Karimov — Buxoro viloyati Qorako‘l tumani BDU AL 2-bosqich o‘quvchisi (kumush);
3.Sardor Tojiboev — Jizzax viloyati Jizzax shahri JPI AL 2-bosqich o‘quvchisi (kumush);
Xalqaro biologiya olimpiadasi Yaponiya davlati tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, unda 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi.
1997-yilda O‘zbekiston uchun xalqaro olimpiadadagi ilk medalni biologlar qo‘lga kiritgan, bu bronza edi. 1998-lda o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza, 1999-yilda bitta bronza, 2000-ilda ilk kumush medalni olib kelgan. Keyin uzoq tanaffusdan so‘ng 2019-yilda uchta bronza qo‘lga kiritilgan.