Qashqadaryoda 7-sentabrdan maktablar ochilyapti
Umumiy o‘rta ta’lim
2 / 09 / 2020
Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 7-sentabridan maktablarda o‘qish qisman boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun, 2-sentabr kuni hududiy maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar berdi Qalampir sayti.
“Joriy yil 7-sentabrdan viloyatdagi 1091 ta maktabda ekspriment tariqasida 2-3 tadan sinflarda o‘qishni boshlaymiz. 14-sentabrdan barcha maktablarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadi”, dedi Zoyir Mirzayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga hokimliklar mas’ul. Ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan xarid qilinmaydi.