Prezident maktablari agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Umumiy o‘rta ta’lim
9 / 10 / 2020
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga Hilola Umarova rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.
Hilola Umarova bunga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev TATU rektori etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.