Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Bugun yurtimizning har bir go‘shasida katta tantana. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 17-oktabr kuni Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-maktabning ona tili va adabiyot fani metodbirlashmasi a’zolari tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Adabiyotshunoslar tomonidan ona tilining o‘tmishi va hozirgi taraqqiyot yo‘li haqida so‘zlab berildi. O‘quvchilar ishtirokida ona tiliga oid she’rlar, qo‘shiqlar, sahna asarlari namoyish etildi. Sahna ko‘rinishlari orqali tilimizning naqadar boy ekani aks ettirildi.
Ona tiliga e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so‘zida yashiringan ma’no jilolariyu mazmun teranligini idrok etib, ularni kelajak avlodlarga yetkazish har bir farzandning oliy burchidir. Shundagina ona tili mangu yashaydi!
Feruza SHOYEVA,
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi