Fan olimpidasining tuman bosqichlari
Respublikamiz bo‘ylab fan olimpidasining tuman bosqichlari qizg‘in suratlarda davom etmoqda.
Jumladan, Yunusobod tumanidagi 97- ва 273-maktabda 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kechayotgan sinovlar ham ko‘tarinki ruh va sog‘lom raqobatda o‘tmoqda
— Jarayon fan olimpiadasining Nizom talablari va bugungi mavjud vaziyatni hisobga olinib sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilingan holda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy maktablarda tashkil qilindi, — deydi Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri G.Yakubova. — Tuman bosqichida jami 1339 nafar iqtidorli 9–11-sinf o‘quvchilari, tumandagi akademik litsey va ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Sinov jarayonlari 7-noyabr kuni yakunlanadi.
Ziroat Komilova,
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodisti