Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagoglarga malaka toifasi sinovlarsiz beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. (PF-6108-son, 06.11.2020 y.)
Farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ro‘yxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga – oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilarga – bosh o‘qituvchi lavozimi beriladi.
Shuningdek, respublika fan olimpiadalarida va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘onaga oshiriladi.
Shavkat XO‘JAQULOV
Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi matbuot kotibi