Metodistlar ish haqi miqdori – oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtirildi
Umumiy o‘rta ta’lim
9 / 11 / 2020
2020-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
2021-yil 1-apreldan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori – oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubiy-maslahatchilarining ish haqi miqdori – bosh o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga.