O‘rtachirchiq tumanida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman xalq ta’limi tasarrufidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi deb belgilandi.
Ushbu maktabga “COSCOM” MCHJ va Xitoy Respublikasining O‘zbekistondagi “ZTE” kompaniyasi bilan hamkorlikda jahon standartlariga javob beradigan turniket o‘rnatilgan bo‘lib, unda shaxsni identifikatsiya qilish, o‘quvchilar davomatini aniqlash, tana haroratini o‘lchash va karantin talablarini eslatib turuvchi funksiyasi mavjud.
Undan tashqari faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi, elektron kutubxonani kapital ta’mirdan chiqarib, 2 ta proyektor, shtativ ekran, 47 ta zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 elektron doska, ko‘rgazmali stendlar va mebel jihozlari bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga mazkur maktab Axborot va kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan 42 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 ta elektron doska, 2 ta proyektor va mebel jihozlari bilan ta’minlandi.