Kelasi o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi
«Ta'lim to‘g‘risida»gi yangilangan qonunga asosan, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida bolani maktabga berish yoshi to‘g‘risidagi tushunmovchiliklarga barham beriladi.
O‘zbekistonda endilikda bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Shu paytgacha bolani necha yoshdan maktabga berish masalasi ota-onalar tomonidan turlicha talqin qilinardi. Normativ hujjatlarda 6–7 yosh deb belgilangan. Boshqa tartibda esa psixolog xulosasiga ko‘ra, bola maktabga tayyor bo‘lsa, muddatidan oldin 6 yoshda qabul qilinishi mumkin, degan talqinlar ham bo‘lgan va bu ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘ldi.
Bu vaziyatdan kimdir o‘z moddiy manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkin. Shu sababli xalqaro tajribadan kelib chiqib, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov majburiy ravishda qonunga kiritildi.