Maktabda ochiq dars o‘tkazildi
Olmazor tumanidagi 146-o‘rta maktabda “Where to go?” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ingliz tili fani o‘qituvchisi Madina Nazarova 10-sinflar uchun tashkil qilgan ochiq dars ingliz tilidagi qo‘shiq-mashq bilan boshlandi. Mashqning shartiga ko‘ra, o‘quvchilar qo‘shiqda tushib qolgan so‘zlarni uni tinglash davomida to‘ldirishdi.. Matn tekshirildi, xato qilgan o‘quvchilarga kamchiliklar tushuntirildi.
Dars davomida mashhurlar shaxslar hayoti va ijodi haqida ma’lumot berildi. Ular haqida tayyorlangan prezentatsiya namoyish etildi.
Ingliz tili fani o‘qituvchisi Madina Nazarovaning zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘tkazilgan ochiq darsi o‘quvchilarda yuqori taassurot qoldirdi
Dars so‘ngida ochiq darsda qatnashgan faol va bilimdon o‘quvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.