Oddiy qishloq maktabi o‘qituvchisi “Dunyoning eng yaxshi muallimi” deb topildi
Kambag‘al hind qishlog‘idagi maktabda bolalarga saboq beruvchi 32 yoshli Randjit Disali «Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisi» deb topildi.
Ta’kidlanishicha, nufuzli “Global Teacher Prize 2020” tanloviga bu safar dunyoning 140 mamlakati o‘qituvchilaridan 12 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, million dollarlik mukofot puli bilan taqdirlangan g‘olib hech kim kutmagan ishga qo‘l urgan. Ya’ni, Randjit Disali mukofotni boshqa o‘nta finalchilarga teng ravishda taqsimlagan.
Randjit Disali Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Paritevadi qishlog‘idagi qizlar maktabida ishlaydi. Qayd etilishicha, uning sa’y-harakatlari tufayli tez-tez zo‘ravonlik va erta turmush qurbonlariga aylangan kam ta’minlangan hamda ahvoli og‘ir oilalarning farzandlari ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.