Qibraylik o‘qituvchi BAAda mukofot miqdori 1 mln dollar bo‘lgan tanlovda qatnashadi
Qibray tumanidagi 48-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Uldan Xujamiyarova “Global Teacher Prize” xalqaro tanlovining 3-bosqichida ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Uldan Xujamiyarova “Varkey Foundation” xalqaro tashkiloti bilan mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan “Ustoz – 2020” milliy mukofoti tanlovida “Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, u 30 million so‘m mukofot sohibiga aylandi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global Teacher Prize 2021” xalqaro forumiga ham bir haftalik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumning 4-bosqichida ishtirokchilar 1 million AQSH dollari uchun tanlovda ishtirok etadi.