Yashnobod tumanidagi 69-maktabda matematika fanidan ochiq dars tashkil etildi
Yashnobod tumanidagi 69-maktabning 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Millonlar ichida ko‘piytirish va bo‘lish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulotni ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega Xalq ta'lim a'lochisi, "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi—2006" respublika bosqichi g‘olibasi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mamlakat Yuldosheva olib bordi.
Mashg‘ulot davomida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, o‘quvchi salohiyati va intelektual faoliyatni oshirish uchun kichik guruhlar bilan ishlandi. Masalalarni birinchi bo‘lib bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Dars davomida o‘quvchilar “aqlni charxlash”, “sherigingni top” kabi turli xil o‘yinlar bilan masalalar yechishdi. Jadval asosida bo‘lish va ko‘paytirishga doir misollar va tenglamalarni yechib, boshqotirmalarga javob topishdi.