Shayhontoxur tumanidagi 34-maktabda PISA va STAEM ta’lim loyihasi bo‘yicha seminar tashkil etildi
Shayhontoxur tumanidagi 34-maktabda tuman xalq ta’limi bo‘limi tabiiy fanlar yo‘nalishi tomonidan barcha tabiiy fanlar o‘qituvchilariga PISA va STAEM ta’lim loyihasini amalga tadbiq etish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda tumandagi 131 nafar kimyo, biologiya, fizika, iqtisod, geografiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirda PISA va STAEM ta’lim loyihalarining mazmun mohiyati va ta’limga joriy etishdagi ahamiyati yoritib berildi. Seminarda PISA bo‘yicha treningni tumandagi 39-umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi Feruza Xamroyeva olib bordi. Seminarda o‘qituvchilar PISA testlarining ishlanishi bo‘yicha o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashishdi. STAEM ta’lim loyihasi bo‘yicha o‘qituvchilarga mashg‘ulotni 59-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Dilrabo Qambarova olib bordi va savollariga javob berdi.
Tadbir davomida tuman maktablari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Toshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi Asatullo Eshqulov “Maktab—oliy ta’lim muassasasi” hamkorligi to‘g‘risida o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Ziyoda TOSHEVA, Shayhontoxur tumani tumani xalq ta’limi bo‘limi Tabiiy fanlar metodisti