Bir kunda uchta viloyat XTB rahbarlari o‘zgardi
Rustamjon Isroilov Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Rustamjon Isroilov 1962-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1988-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
2018-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga Xovos tumani hokimining o‘rinbosari Donaboyev Otabek Mamatkulovich tayinlandi.
Otabek Donaboev ayni paytga qadar Xovos tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, bugun Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga Zebiniso Shodiyeva rahbar etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.