Ayrim maktab direktorlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
“Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokamaga qo‘yildi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari hamda umumta’lim muassasalar direktorlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash hamda moddiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu hujjat loyihasi ilovasida “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida” Nizomi tasdiqlanmoqda.
Shu bilan birga:
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi rahbarlari bir martalik to‘lovlari bilan rag‘batlantirish;
tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda 1, 2, 3-o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlariga keyingi o‘quv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30, 20, 10 foizlik ustamalar belgilanadi shakllantirish;
umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining 90 foiz va undan yuqori qismi oliy ta’lim muassasasiga har yil oliy ta’lim muassasalariga Qabul qilish davlat komissiyasi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida yoki xalqaro tan olingan
OTM reytinglaridagi TOP-1000 talikka o‘qishga qabul qilingani uchun ushbu umumta’lim muassasasi direktoriga keyingi o‘quv yili davomida lavozim okladining 100 foiz miqdorigacha har oylik ustama haq belgilash;
umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari sifat tarkibi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv yili yakuni bo‘yicha umumta’lim muassasasi direktorlarini bir martalik moddiy rag‘batlantirish;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlarini, o‘z ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarni tashabbuskorlik bilan hamda sifatli va vijdonan bajarilishidan kelib chiqib, lavozim okladiga har oylik ustamalar belgilash;
shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlariga hisobot davrdagi ish natijalari bo‘yicha mukofotlash hamda ularga belgilangan holatlarga moddiy yordam ko‘rsatish belgilanmoqda.
Buyruq loyihasining muhokamasi 2021-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.