Matematika bilimdonlari aniqlandi
Farg‘ona viloyat chet tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida “Matematika bilimdonlari” tanlovi o‘tkazildi.
2020-yil — “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili davlat dasturi ijrosini ta’minlash va o‘quvchilar orasidan iqtidorlilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda turli mantiqiy savollar, qiziqarli boshqotirmalar, krasvordlar, PISA xalqaro olimpiada savollari va internet orqali online matematik o‘yinlardan foydalanildi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsadlar o‘quvchilarni matematik savodxonligini oshirish, xotiralarini mustaxkamlash, bilimlarini rivojlantirish va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratilgan. Tanlov o‘quvchilarda fanga bo‘lgan o‘zgacha qiziqish , faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Tanlovni o‘tkazishda o‘qituvchilar – Surayyo Mutallimova va Muattar Egamovaning xizmati katta bo‘ldi.
Tanlov so‘ngida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.