Dunyo davlatlari maktablarida o‘tiladigan eng g‘ayrioddiy 9 ta fan...
Ko‘pgina mamlakatlar maktablarida ta’lim olayotgan bolalar an’anaviy darslardan adabiyot, matematika va jismoniy tarbiya kabi fanlar bilan bir qatorda, katta avlod vakillarining havas va hasadini keltiradigan g‘aroyib fanlarni o‘rganadilar.
Quyida Isroilda kiberxavfsizlik darslaridan tortib Boshqirdistonda asalarichilik va Armanistonda xalq o‘yinlari bo‘yicha kurslarga qadar dunyoning turli burchaklarida o‘qitiladigan eng noodatiy maktab fanlari haqida bilib olasiz.
ROSSIYADA MOLIYAVIY SAVODXONLIK
Top dasturlarni ilk sonini Rossiya maktablarida yuqori moliyaviy savodxonlik darslari boshlab beradi. Hozirgacha kurs bolalarga ixtiyoriy sinflar shaklida taklif etiladi. Ushbu loyiha jahon banki va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi kabi jiddiy idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda bolalar pulni to‘g‘ri boshqarishni, oilaviy daromad va xarajatlarni rejalashtirishni o‘rganadilar. Eng muhimi, ular moliyaviy firibgarlikni farqlay olishga o‘rgatiladi. Ehtimol, bu moliyaviy o‘quv dasturi tez orada maktab jadvalida o‘zining qonuniy o‘rnini mustahkamlaydi.
ARMANISTONDA XALQ RAQSI
Armanistonda xalq raqsi xoreografiyasida maktablarda maxsus kurs bo‘lishi shart. Rasmiylar bu bilan o‘quvchilarda boy madaniy an’analarga hurmat shakllanadi, deb hisoblaydilar. Bolalar xalq raqsi tarixini o‘rganadilar, murakkab xoreografik kompozitsiyalarni o‘zlashtiradilar. Noodatiy maktab fanini mukammal o‘zlashtirish talab etiladi va qat’iy baholanadi. Agar o‘quvchi xalq raqslari imtihonidan «yiqilsa», u keyingi o‘quv yiliga qoldiriladi.
BUYUK BRITANIYADA O‘RMON MAKTABI
Ingliz bolalariga erta yoshdan boshlab o‘rmonda qanday harakatlanish qoidalari o‘rgatiladi. Maktabda «to‘g‘ri» novdalarni tanlab, olov yoqishni o‘rganish mumkin ekan. Chodir qurish qobiliyati urbanizatsiya rivojlangan shaharda yashaydigan bola uchun foydali bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bunisi ma’lum emas, ammo, u o‘rmonda aniq jon saqlay oladi. Maktab kursi «o‘rmon maktabi»deb ataladi va bu darslar quyi sinflarda o‘tiladi.
ISROILDA KIBER O‘YINLAR VA MUHOKAMALAR
Isroil davlatidagi maktablarda bolalar kiber xavfsizlik kurslarini o‘rganishadi. Hozircha shu nomdagi kurs faqat bir necha maktablarda amalga oshirilgan. Yangi fanning kiritilishiga sabab - ota-onalar va shifokorlarni tashvishga solayotgan yosh avlodning kiber olamga qaramligi bo‘ldi. Gadjetlarning ko‘pligi va hamma joyda kompyuterlashtirish yoshlar uchun xavf tug‘diradi. Yangi kursning bir qismi sifatida bolalarga ijtimoiy tarmoqlardagi to‘g‘ri xatti-harakatlar o‘rgatiladi. Ularga izohlarda yashirin tahdidlarni sezish o‘rgatiladi. Eng katta e’tibor kiber dunyoga ruju qo‘yishning oldini olishga va "gamer" sindromi belgilarini bilishga qaratilmoqda. Boshqa maktablarda bolalarga muhokama darslari o‘rgatiladi.
BOSHQIRDISTONDA ASALARICHILIK DARSLARI
Boshqirdiston dunyoda eng yaxshi asal ishlab chiqaradigan davlat hisoblanadi. bugungi kunga kelib u yerda asalarichilar maktabdanoq ta’lim olishmoqda. Yuzdan ortiq maktab eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, arilar parvarishi va asal yig‘ish bilan faqat maktab o‘quvchilari bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, ularga xavfsizlik, asalarichilik biologiyasi, asalarichilik turlari va boshqalar ham o‘rgatiladi. Boshqirdiston hukumati yangi fanni joriy etish mahalliy asalarichilik sanoatiga yaxshi yordam beradi, deb hisoblaydi.
GERMANIYADA BAXT SABOQDARI
Nemis hukumati baxtni o‘rganish mumkinligiga ishonadi va ba’zi maktablarda ilk loyihani yo‘lga qo‘yishdi. Bu fan bo‘yicha ixtisoslashgan o‘qituvchilar yo‘q. Shuning uchun Geydelberg shahar maktabi mudirining o‘zi bu fandan dars beradi. Bolalar baxtli bo‘lishga, ahil yashashga, qalbiga quloq solishga o‘rgatiladi. Bu baxt imtihonlarini tasavvur qilish qiyin, shuning uchun ular yo‘q. Yil oxirida o‘quvchilarga variantlar taklif etiladi: baholash uchun «mehribon» videoroligini taqdim etish yoki xayriya ishlarida ishtirok etish.
ISPANIYADA HISSIY TA’LIM
Ushbu dastur barcha sinflar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Bolalarga suhbatdoshni tinglash, boshqa odamlar bilan muloqotda bo‘lish qoidalari o‘rgatiladi. O‘qituvchilar hissiy salohiyat - muvaffaqiyatli hayotning muhim tarkibiy qismi, deb ishonishadi. Ishonchli muhitda empatiya va o‘zaro tushunishga o‘rgatadilar, qo‘rquvni yengadilar, g‘azabni boshqaradilar va abstrakt mavzularda suhbatlar o‘tkazadilar.
YAPONIYADA TABIATNI SEVISH...
Kunchiqar mamlakati raqamli texnologiyalar bo‘yicha butun dunyoda liderdir. Keng tarqalgan kompyuterlashtirish odamlarning tabiat bilan aloqasini zaiflashtirdi. Shuning uchun Yaponiya hukumati maktab o‘quv dasturiga «tabiatni sevish» darslarini kiritdi. Mashg‘ulotlar o‘tkazishdan maqsad – o‘quvchilarni atrofdagi dunyo go‘zalligini payqashga o‘rgatishdan iborat. O‘qituvchilar bolalar e’tiborini flora va fauna o‘rtasidagi bog‘liqlikka, yovvoyi tabiat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga qaratadilar. O‘quvchilar faqatgina tabiatni sevib qolmay, balki, buning uchun baho olishadi va imtihon topshirishadi.
AVSTRALIYADA SYORFING DARSLARI
Professional syorfingchilar Avstraliya to‘lqinlari jangchilari bilan raqobat qilish qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilishadi. Ularni bejizga dunyoning eng yaxshi syorfingchilari deb tan olishmagan. Yashil qit’a hukumati bu borada yetakchilikni saqlab qolishga intiladi. Buning uchun maktablarda syorfing darslari o‘tiladi. To‘lqinlarning zabt etuvchi o‘quvchilar avvalo, muvozanatni idora qilishni, doska bilan ishlash sirlarini qirg‘oqlarda o‘tiladigan mashg‘ulotlardan boshlaydilar.
Mutaxassislarning fikricha, syorfing tanani mukammal chiniqtiradi, tabiat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatadi. Shuning uchun sayyohlar mahalliy to‘lqin jangchilarining mahoratidan o‘zib ketishga umid qilmasalar ham bo‘ladi.
Sarvinoz AHMEDOVA tayyorladi.
Manba: www.uza.uz