Maktab qurilishida qariyb 425 mln. byudjet pulini o‘zlashtirganlar qo‘lga olindi
Umumiy o‘rta taʼlim maktabi qurilishi ishlarida byudjet mablag‘ini o‘zlashtirgan jamiyat rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urgut tumanida joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktabi sport zalida “M.” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganida, jamiyat rahbarlari va boshqalar amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali 425,3 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “M.” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.