Maktabda matematikadan ochiq dars o‘tkazildi
Yunusobod tumanidagi 272-maktabda “Matematika va informatika” fan oyligi doirasida matematika fani o‘qituvchisi Baxtigul Qodirova tomonidan 7-“B” sinf o‘quvchilari uchun “To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars interfaol metodlar, mavzuga mos qiziqarli o‘yinlar, AKT va “Skarabey” texnologiyasi asosida o‘tildi. “Skarabey” texnologiyasi xotirani rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi.
Darsda R. Dekardning “Kim matamatikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi, kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi” degan gaplari shior qilib olindi.
— Darsda men ko‘poq qiziqarli o‘yinlar va interfaol usullardan foydalanishga harakat qildim, — deydi Baxtigul Qodirova. — O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib ishlash darslarda yaxshi samara beradi. Mavzuning yaxshi tushuntirib berishda ko‘rgazmali qurollarning o‘rni beqiyos. Ochiq darslar o‘quvchilarning fan mohiyatiga yanada chuqurroq kirishiga yordam beradi.
Burhon RIZOQULOV