Barcha muammolarimiz loqaydlikdan boshlanadi
“Qishloqdan adib chiqmaydimi?” maqolasini o‘qirkanman, qalbimda bir og‘riq uyg‘onganday bo‘ldi.
Prezidentimizning “Barcha muammolarimiz loqaydlikdan boshlanadi. Ziyolilar qatlamini uyg‘otish kerak! MTT, maktab, mahalladan boshlash kerak ma’naviy tarbiyani”, degan gaplarini har bir ziyoli, ayniqsa, maktab rahbarlari yurak-yuragidan o‘tkazishi lozim. Afsuski, kuyunib aytilgan bu chorlovga qo‘shtirnoq ichida “labbay” deb javob berayotgan rahbarlar ham yo‘l-yo‘lakay uchrab turibdi.
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, deb bejiz aytilmayapti. Bu dargohda faoliyat yuritayotgan ziyolilar qo‘lida millatning ertasi, yurtning kelajagi kamol topadi. Biz ziyolilar ta’lim nashrlarining “ichi”da yashashimiz, ibrat bo‘lishimiz, yoshlarning ijodga qiziqishini yanada oshirishimiz shart. Yonginamizda faoliyat yuritayotgan, xalqi ma’naviyati uchun jonsarak ijodkorlarni qo‘llashimiz kerak emasmi?
Ma’rifatli rahbarlar o‘z hududidan chiqqan ijodkorlarni targ‘ib qilsa, bu maktabidagi ijodga havasmand yoshlarga motivatsiya beradi. Domla, ozorlanmang! Yurtboshimiz aytganidek, “Ma’naviyat ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib jaranglaydi!”.
Aziza BOYMURODOVA, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 28-maktab direktori