Maktabda bitiruvchilari uchun “Sayyor qabul”
Olmazor tumanidagi 134-maktabda bitiruvchilarini kelajakda Oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida joriy yilning 22-yanvar kuni maktabda “Sayyor qabul” tashkil etildi. Mazkur “Sayyor qabul”da bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, maktab direktori, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab psixologi hamda bitiruvchi sinf rahbarlari suxbatlashdi. Jumladan, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiyeti “Fuqorolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi” o‘qituvchilari profesor B.To‘ychiyev, dotsent O.Muxammadiyeva, katta o‘qituvchi S.Berdiqulova, S.Parmonov, o‘qituvchi N.Jamalova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Axborot-komunikatsiya texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, t.f.n., dotsent A.A.Nosirov, f-m.f.n., dotsent Sh.U.Abdullayev, N.Qo‘shayevlar, Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITIning bir qator professor-o‘qituvchilari hamda katta ilmiy hodimlari tashrif buyurishdi. Sayyor qabul ishtirokchilari bitiruvchilar va ularning ota-onalariga oliy ta’lim muassasalari fakultetlari hamda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish haqida ma’lumot berishdi. Maktabning 2019-2020-o‘quv yili bitiruvchilari 113 nafarni tashkil etgan, shundan 14 nafari turli Oliy ta’lim muassasalari ga 44 nafari litseylarga o‘qishga qabul qilingan, qolganlari esa ish bilan ta’minlangan. 2020-2021-yil jami bitiruvchilar soni 101 nafarni tashkil etadi, “Sayyor qabul”dan ko‘zlangan maqsad bitiruvchilarning xoxish istagi va egallagan bilimlaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalariga jalb qilinadi.
Shavqiddin UBAYDULLAYEV, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Harbiy-texnik instituti katta o‘qituvchisi