Ta’lim mazmunini oshirishda hamkorlik darslari
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi kam quvvatli umumta’lim maktablarida shahrimizdagi ta’lim sifati yuqori, tajribali maktab direktorlari tomonidan “Ta’lim mazmunini oshirishda hamkorlik darslari” mavzusida ochiq darslar kuni tashkil etildi. Shu jumladan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kam quvvatli 222-maktab Yunusobod tumanidagi 273-sonli maktabga biriktirilgan va bu maktablar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
273-maktabning ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilari, maktab direktori va psixologi 222-maktabga tashrif buyurib, 5-6-8-9-sinflarida ilg‘or pedogoglar tomonidan ochiq darslar, 10-11 sinf o‘quvchilari bilan maktab psixologi tomonidan “Men oldimga qo‘ygan maqsadim” mavzusida seminar trening mashg‘uloti va 273-maktab direktori Muyassar Saidova omonidan yosh pedagoglarga “Ta’lim sifatini oshirish - davr talabi” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Bu jarayon o‘quvchi yoshlar va pedagoglarda juda yaxshi ta’ssurotlar qoldirdi.
273-maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi Lola Boltayeva Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222-maktabning 8-“A” sinf o‘quvchilariga “Toshkent viloyati” mavzusida, 9-“V”sinf o‘quvchilariga “Xitoy Xalq Respublikasi” mavzusida, Shahzoda Sayidova 9-“V” sinf o‘quvchilariga “Arifmetik progressiya” mavzusida, 6-“A”sinfida “Musbat va manfiy sonlar” mavzusida, Musaeva Dilbar Abduraximovna rus tili fanidan 5-“V” sinfda N.Nosovning “Fantazyor” xikoyasi mavzusida, 5-“A”sinfda ona tili fanidan Mapura Usmonova “Terminlar” mavzusida ochiq darslar o‘tdilar. O'qituvchilar darslarda turli interfaol metodlardan foydalanib, qiziqarli darslar o‘tdilar. Bu darslarni 222-maktabning yosh o‘qituvchilari kuzatib, metodik yordam oldilar. “ O' rgan-o‘rgat”, ”Ustoz-shogird” ana’analariga amal qilingan holda (hamkorlik) tajriba almashildi.