Kamquvvatli maktablarga metodik yordam
Ta’lim sifatiga doir ko‘plab islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda reytingi va ta’lim sifati yuqori bo‘lgan maktablar kam quvvatli maktablar bilan o‘z ish tajribasini bo‘lishib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga muvofiq ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘llari ishlab chiqildi. Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida, Sirg‘ali tumanidagi 300-IDUMning mahoratli pedagoglari Uchtepa tumandigi 14- umumta’lim maktabiga ish tajribalarini o‘rgatib kelishmoqda. Hozirgi kunda Uchtepa tumanidagi 14-umumta’lim maktabi kam quvvatli hisoblanadi. Shu sababli 300-IDUMIning bir qancha tajribali pedagoglari tomonidan mazkur maktab o‘quvchilari uchun ochiq darslar tashkil etildi. Jumladan, oliy toifali pedogoglar: ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mahliyo Atayeva 9-sinflarga “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, fizika fani o‘qituvchisi Yulduz Xamroyeva 10- sinflarga “Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryadning maydoni”, kimyo fanidan esa Zuhra Asqarova 9-sinflarda “Alyuminiyning davriy jadvaldagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatga tarqalishi”, matematika fanidan Mavjuda Shoniyozova 8-sinflarda “Kvadrad tenglamalar yordamida masalalar yechish” mavzularida darslar olib borishdi. Darslar 14-maktab o‘qituvchilari uchun metodik yordam vazifasini ham bajardi.