Toshkentda “TUMO” kreativ texnalogiyalar markazi ochiladi
Kuni kecha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida matbuot brifingi o‘tkazildi. Brifing doirasida vazirk bilan “TUMO” kreativ texnologiyalar markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Matbuot brigingini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ochib berdi.
— Biz “TUMO” texnologiyalar markazining faoliyatini o‘rgandik. U yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirib qolmay, ularga innovatsion loyihalar ustida ishlash usulini amaliy tarzda o‘rgatish, IT-texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan grafik dizayn, 3D modellashtirish, dasturlash, robototexnika, veb-dasturlash, kino ishlab chiqarish singari 14 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beradi, — deydi Erkin Muhitdinov.
“TUMO” markazi kreativ texnologiyalar sohasida yoshlarni amaliy faoliyatga tayyorlaydigan innovatsion ta'lim platformasidir. Ixtisoslashgan kurslar,ma'ruza va tadbirlar talabalarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatini beradi. Markazning asosiy maqsadi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va IT sohasidagi ijodiy salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqirishdir. “TUMO” markazi 2011-yil Armanistonda asos solingan. Bundan tashqari Parij, Beyrut, Moskva, Tirana va Berlinda ham faoliyat yuritib kelmoqda.
— Biz O‘zbekistonda “TUMO” texnologiyalar markazini ochilishidan umidimiz katta. Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarga IT-texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil rivojlanishga yo‘l ochib berish, seminarlar tashkil etish, jumladan, Facebook va dunyoga mashhur kompaniyalar vakillarini O‘zbekistonga olib kelib tajribalarini o‘rtoqlashish jaroyinini yo‘lga qo‘yishni rejamizga kiritganmiz. Robototexnologiya sohasida ham birgalikda harakat qilgan holda, “TUMO”ning Yerevandagi mutaxassis kadrlarini bu yerga olib kelib,uchrashuvlar tashkil qilishni ham maqsad qilganmiz, — deydi “TUMO” kreativ texnologiyalari markazining franshizalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor.
Markaz Yunusobod tumanidagi Mashinasozlar kasb-hunar kolleji bazasida ochiladi. Unda yiliga 70 mingta talaba yoshlarni o‘qitish va ularni dunyoqarashini rivojlantirish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.
“TUMO” markaziga 18-24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qabul qilinadi. Bundan tashqari o‘qish uchun moddiy tomondan qiynayotgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj talabalarga o‘qish pulini to‘lab berish ham loyihaga kiritilgan. Undan tashqari talabalarga stipendiya ham joriy etiladi.
Memorandum yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “TUMO”kreativ texnologiyalar markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Har ikki tomon vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Feruza NURATDINOVA,
O‘zMU talabasi