Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun qancha o‘quvchi qabul qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari to‘g‘risidagi Nizomga asosan, Prezident maktablariga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli, baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari: matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.
Pandemiya sabab 2020-2021-o‘quv yili uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli qoldirilgan edi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Prezident maktablariga 2021-2022 o‘quv yilida jami 1 ming 632 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.