Sirdaryoda “Eng bilimdon o‘quvchilar” endi “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga ega bo‘ladi
Sirdaryoda iqtidorli o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimining maxsus qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, o‘quvchi yoshlarni umumta’lim fanlaridan bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, respublika va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha viloyatdagi umumta’lim maktablaring 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng bilimdon o‘quvchi” fanlar olimpiadasi tashkil etiladi.
Fanlar olimpiadasi matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va informatika fanlaridan uch bosqichda ikkita shart bo‘yicha o‘tkaziladi:
I maktab bosqichi (15–20-mart kunlari);
II tuman, shahar bosqichi (1–10-aprel kunlari)
III viloyat bosqichi 10–15-aprel kunlari)
Har bir bosqich g‘oliblari mahalliy hokimliklar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olgan o‘quvchilarga esa bir yil mobaynida har oy viloyat hokimining stipendiyasi (bir bazaviy hisoblash miqdori) to‘lab boriladi.