Toshkent shahrida koronavirus aniqlanayotgan maktablar karantinga yopiladi
Toshkent shahrida 16-martdan koronavirus infeksiyasi yuqishining epidemik jarayon zanjiri paydo bo‘lgan maktablar karantinga yopiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasidagi manbaga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Ertadan koronavirus aniqlangan va kasallik tarqalishi zanjiri yuz berayotgan maktablar karantinga yopiladi. O‘qish esa to‘liq onlayn olib boriladi. Shundan keyin 20-martdan bahorgi ta'til boshlanadi.
Bahorgi ta'tildan keyin nima bo‘lishi bo‘yicha esa vaziyatga qarab qaror qabul qilinadi. Bugun hokimiyatda o‘tgan yig‘ilishda shunday topshiriq berilgan», dedi shaxsi sir qolishi sharti bilan ma'lumot bergan manba.
Hozircha Toshkentdagi aynan qaysi maktablarda virus aniqlangani xabar qilinmagan.
Ma'lumot uchun, maktablarda bahorgi ta'til 20-martdan 28-martgacha davom etadi. 2021-yil 29-martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.
Manba: Kun.uz