“Geografiya — tabiiy fanlarning shohi”
Poytaxtimizdagi 213-maktabda O‘zbekiston Milliy universitetining “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi dosenti Mamatqodir Nazarov, “Tabiiy georafiya” kafedrasi o‘qituvchisi, 5-sinf geografiya darsligi hammuallifi Muhriddin Avezov, geografiya fanlari nomzodi Karomidin Gadoyev kabi qator olimlar bilan “Geografiya — tabiiy fanlarning shohi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi Sabohat Berdiyeva tashkil etilgan tadbir da o‘qituvchilar va fanga qiziquvchi o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqan olimlar geografiya fani, uning hayotimizda tutgan o‘rni va roli, yurtimizda geografiya fanining vujudga kelishi, bu borada xizmat qilgan yirik olimlar va ularning ishlari haqida batafsil gapirib berdi. Tadbirkor bo‘lish uchun georafiya qonuniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, nimani ishlab chiqarish yoki qaysi ekinni ekib ko‘proq daromad olish uchun ham boshqa davlatlar xo‘jaligini o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar geografiya fani haqida juda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.