Samarqanddagi yangi massivda yangi maktab ochildi
Umumiy o‘rta ta’lim
19 / 03 / 2021
Samarqand shahridagi Qorasuv massivida 1680 o‘rinli yangi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Zarnews.uz xabar beradi.
Navro‘z bayrami tuhfasi sifatida bunyod etilgan mazkur ta’lim muassasasi Investitsiya dasturi asosida “Agromir Buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 31 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurildi.
Maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xonalar fanlar bo‘yicha jihozlangan, kutubxona, qizlar uchun texnologiya xonasi, sport zali hamda elektron interaktiv doskalar o‘quvchilarning bilim olishiga yaqindan yordam beradi.